Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikdagi ishlar rejasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeev va N.Narimovlar 2025-yil 26-may kuni Qorao‘zak tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘quv seminar o‘tkazishdi.

O‘quv seminarga Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik G‘.Xudaybergenov raislik qildi.

Seminar ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi.

Nizom talablariga ko‘ra REV va YuChQlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha olib boriladigan hamkorlikdagi tadbirlarda ushbu xududdagi IIB jamoat xavfsizlik xizmati profilaktika inspektorlari qatnashishlari lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
O‘quv seminari savol-javob shaklida tashkil qilinib, noqonuniy foqdalanilayotgan REVlar aniqlangan holatda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.О.Dlekeev