O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir etilgan favqulodda vaziyatlar sharoitida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar xodimlarining barcha harakatlari qayta sinovdan o‘tkazildi. O‘quv mashqining rejasiga ko‘ra, favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududdan odamlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, evakuatsiya qilingan insonlarni maxsus tayyorlangan punktlarga joylashtirish va boshqa amaliyotlar o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining tayyorgarligi to‘liq namoyish qilinib, yuqori saviyada o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi A.Kartbaev