"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyati EMMX xodimlari davlat tilida ish yuritish boʻyicha malaka oshirdilar

Davlat tilining jadal joriy qilinishidagi oʻzak masalalardan biri mamlakatimizda ish yuritish tizimini toʻlaligicha oʻzbek tiliga oʻtkazishdan iborat. Turli soha xodimlarining ish yuritish borasidagi bilim va malakalarini muntazam oshirib borish ham zaruriy ehtiyojlardandir.

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarini lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritish boʻyicha o‘qitish ishlari tashkil qilingan.

Korxonamiz xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlinmasida malaka oshirishdi.

 

Buxoro viloyati

EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang