Soha yangiliklari

Soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 26 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni asosida:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi» davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari Mirzayev Olimjon Nomazovich;

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining «Billing Telekom» filiali dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bo‘limi muhandisi Musiyachenko Igor Valerevich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feld’egerlik xizmati katta inspektori Azizov Abduvaxab Abdurazakovich;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi Markaz boshlig‘ining yordamchisi Esonov To‘lqin Nishonovich «Sodiq xizmatlari uchun» medali;

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi komanda boshlig‘i Xaitov Sayfulla Maxmudovich «Shuhrat» medali bilan mukofotlandilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi nomidan hamkasblarimizni yuksak mukofot bilan tabriklab, istiqboldagi ishlariga zafarlar tilab qolamiz.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang