"EMMM" DUK yangiliklari

Radiochastota elektromagnit maydoniga chidamlilik talablari va sinash usullari bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Joriy yilning 22-iyul kuni Xorazm viloyati EMMX xodimlarining malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti O‘z DSt 2821:2014 Radiochastota elektromagnit maydoniga chidamlilik talablari va sinash usullari bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev tomonidan ushbu standartning maqsadi radiochastota elektromagnit maydonlari texnik vositalarga ta’sir etganda ularning ishlash sifatini baholashning umumiy usullarini belgilashi haqida hamda standartda umumiy xususiyatdagi vazifalarga bog‘liq holda, xalaqitga chidamlilikni sinash masalalari ko‘rib chiqilishi va asosiy e’tibor raqamli radiotelefonlar va boshqa 800 M Gs dan 6 G Gs gacha chastotalarda nurlanadigan radiochastota qurilmalaridan chiqayotgan xalaqit emissiyasi sharoitlaridagi texnik vositalarning chidamliligiga qaratilganligi haqida tushintirib o‘tildi. 

 

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang