2024-yil 9-13-sentabr kunlari Belarusiya Respublikasining Brest shahrida “Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish” bo‘yicha АSHH komissiyasining (RChS va YO bo‘yicha ASHH komissiyasi) 26-yig‘ilishi, shuningdek, uning (Radioaloqa assambleyasi (RА) va Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga (BRK) tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish RChS va YO bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Tabrik so‘zi bilan, Belarusiya Respublikasi “Beletelekom” DUK Bosh direktori Ivashkin Aleksey Aleksandrovich, “BelGIE” DUK direktori Borovskiy Sergey Valentinovich, Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Borodin Aleksey Sergeyevich, XEI radioaloqa byurosining harakatdagi va turg‘un xizmat ko‘rsatish departamenti boshlig‘i Vasilyev Nikolay yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar. Shu bilan birga Xalqaro elektroaloqa ittifoqi Radialoqa byurosi direktori Mario Manevich masafodan turib tabrik so‘zini yo‘lladi.
Yig‘ilishda Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 100 dan ortiq vakillari, shuningdek АSHH Ijroiya qo‘mitasi vakillari va bir nechta xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
ASHH Komissiyasi va uning Ishchi guruhlari yigʻilishlari doirasida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, Xalqaro bitim hisoblangan Radioaloqa Reglamentiga ilg‘or texnologiyalarni amaldagi texnologiyalarga halaqit bermagan holda turli xil shartlar bilan radiochastota polosasini ajratish uchun BRK-27 ning 30 ga yaqin kun tartibidagi masalalar boʻyicha, ASHH a’zo davlatlarining BRK-27ga taklif etayotgan hissalarini, murakkab relyefli joylarda chegaradosh davlatlar chastotalarini muvofiqlashtirish, ASHH Aloqa ma’muriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan IMT tizimlari haqida va shunga o‘xshash 20 ga yaqin muhim masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi, “EMMM” DUK, “UNICON.UZ” MChJ, “O‘zTTBRM” DUK mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
Tayyorladi: Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limi 1-toifali muhandisi R.M.Tadjimatov