Xorazm viloyati EMM xizmati tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 2025-yil uchun tasdiqlangan ish rejasiga asosan har oy Xorazm viloyati hududida industrial radioxalaqitlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan manbalar ya’ni yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va transformator nimstansiyalarini elektromagnit nurlanishlarini respublika hududida qabul qilingan standartlar va texnik normalarga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha monitoring ishlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.
Joriy yilning yanvar oyida ham oylik ish rejaga asosan viloyat hududidagi Urganch va Gurlan tumanlarida industrial radioxalaqitlarning me’yoriy darajalari normalariga muvofiqligini tekshirish bo‘yicha nazorat-o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida radiochastota spektrida industrial radioxalaqitlarning tarqalishi va radioaloqa sifatiga salbiy ta’sir etadigan omillarning oldi olindi.