"EMMM" DUK yangiliklari

Radiochastota spektridan noqonuniy ravishda foydalanishning oldi olindi

Joriy yilning avgust oyida Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish  to‘g‘risida” gi 801-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida Jizzax viloyati hududida noqonuniy ravishda qurilgan (o‘rnatilgan), foydalanilayotgan va radioxalaqit berayotgan REV va YuChQlarni aniqlash va faoliyatiga chek qo‘yish bo‘yicha hamkorlikda radiochastota spektridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklarni aniqlash bo‘yicha Jizzax viloyatning Zarbdor, Sh.Rashidov va Arnasoy tumanlarida hamkorlikda monitoring tadbirlari o‘tkazildi. 

Joylarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlari vaqtida Zarbdor, Sh.Rashidov va Arnasoy tumanlari hududida joylashgan umumovqatlanish maskanlarida Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan 22 dona BAOFENG rusumli radioelektron vositalardan tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Radioelektron vositalar joylardagi tuman IIB xodimlari tomonidan vaqtinchalik olib quyilgan va bugungi kunda ularning egalariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish ishlari olib borilmoqda

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Ashirmatov M.B.