2025-yil davomida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Qashqadaryo viloyati hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga asosan Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy shu’basi mutaxassislari tomonidan 2025-yilning 18-iyul kuni Qarshi tumani, “Ko‘chkak” MFY fuqarolari o‘rtasida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni noqonuniy ishlashini oldini olish maqsadida profilaktik tadbir amalga oshirildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Ushbu qaror asosida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni olib kirish, foydalanish va sotish tartib-taomillari belgilanganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, profilaktik tadbirni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ham taklif etildi.
“Ko‘chkak” MFY fuqarolari sohaga oid berilgan savollariga batafsil javob oldilar.
Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX muhandisi A.Z. Zayniddinov