"EMMM" DUK yangiliklari

Radioelektron vositalarni noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

Joriy yilning 28-oktabr kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida tezkor tadbir o‘tkazildi. Hamkorlikda olib borilgan tadbir davomida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti orqali viloyatimizga olib kirilayotgan 10 dona “BAOFENG BF-888S” rusumli  radioelektron vositalari aniqlandi.

Aniqlangan radioelektron vositalar Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan texnik ekspertizadan o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan texnik ekspertiza xulosasiga asosan noqonuniy deb topilgan jami 10 dona radioelektron vositalarni olib kirilishi to‘xtatib qolindi.

 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi U.Xamrayev

Faylni tanlang