"EMMM" DUK yangiliklari

Radioelektron vositalarni noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

Joriy yilning fevral oyi mobaynida Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va Bojxona qo‘mitasining Xorazm villoyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi. Hamkorlikda olib borilgan tadbirlar davomida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeraport” chegara bojxona posti orqali viloyatimizga noqonuniy olib kirilayotgan 1 dona GSM repiter va “Baogeng”, “Vector”, “Turbosky” rusumli bir nechta radioelektron vositalarni noqonuniy olib kirilishini oldi olindi.

Olib borilgan tadbirlar jarayonida 4 ta holatda jami 6 dona radioelektron vositalariga texnik ekspertiza xulosalari taqdim qilindi. Taqdim qilingan texnik ekspertiza xulosalari asosida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining “Urganch aeroport” chegara bojxona posti orqali olib kirilayotgan radioelektron vositalar to‘xtatib qolindi.

 

 


 

Tayyorladi:Xorazm viloyati EMM xizmati muhandisi H.Matyusupov

Faylni tanlang