"EMMM" DUK yangiliklari

Radiohavaskorlar bilan uchrahuv

2023-yil 2-dekabr kuni mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi hamkorligida radiohavaskorlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining turli hududlaridan qolaversa qoʻshni Tojikiston va Qirgʻiziston Respublikalaridan ham radiohavaskorlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida, Namangan shahar, Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayev ishtirok etib, soha rivoji uchun hissa qoʻshayotgan bir guruh radiohavaskorlarga esdalik sovgʻalarini topshirdi.

rthrthrth800x600.jpeg

Tadbir davomida radiohavaskorlarning 2023-yil mobaynidagi faoliyatlari atroflicha o‘rganilib tahlil etildi. 

etntmdndghmn1000x750.jpg

Qisqa va ultra qisqa to‘lqin diapazonlarida radioaloqa o‘rnatish bo‘yicha Respublika va viloyat miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan radiohavaskorlar faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi va musobaqalarda egallagan o‘rinlari boʻyicha diplomlar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, Namangan viloyati EMMX muhandisi Sh.A.Matisakov hozirda radiohavaskorlar tomonidan eskirgan radiostansiyalar o‘rniga, xorijiy yangi zamonaviy radiostansiyalarni olib kirish hollari tez-tez uchrab turganligi sababli, ularga radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirish, sotish va ulardan foydalanish qoidalari va tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi hamda radiohavaskorlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdi.

 

Tayyorladi: Namangan viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.A.Matisakov

Faylni tanlang