"EMMM" DUK yangiliklari

Radiobezorilar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi rejasini bajarish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Beshariq va Furqat tumani Ichki Ishlar Boshqarmalari va Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Beshariq va Furqat tumanlari hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

 

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani, Beshkapa QFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.Q. Ermatov noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda yasalgan radiouzatgich orqali, chaqiruv signali “51”chi deb nomlangan hamda viloyat va qo‘shni respublikalardagi fuqarolar bilan suhbat olib borilayotgan vaqtda aniqlangan.

Farg‘ona viloyati Furqat tumani, Хonariq MFY, Hayit qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro S.M. Usmonov noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda yasalgan radiouzatgich orqali, chaqiruv signali “CIKLON” deb nomlangan hamda viloyat va qo‘shni respublikalardagi fuqarolar bilan suhbat olib borilayotgan vaqtda aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan radiobezorilarning uzatgichlari olib qoʻyildi va qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqaro A.Q. Ermatov hamda S.M. Usmonovlarning hujjatlari to‘plami Ichki Ishlar profilaktika inspektorlari tomonidan sudga yuborildi. Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi.

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sadixanov Sh.I.

Faylni tanlang