Radioxlaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalarga asosan joriy yilning 9-iyul kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Yangiariq tumani hududida radimonitoring tadbirlari amalga oshirildi. Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Yangiariq tumani Tagan mahallasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi aniqlanib, “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy sho‘basi, Yangiariq tuman IIB, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari xodimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil qilinib, ishchi guruh tomonidan ushbu aniqlangan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasining faoliyati to‘xtatildi.


Tayyorladi:Xorazm viloyati EMMX muhandisi U.Xamrayev