Qadrli vatandoshlar!
Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklaymiz.
Qalblarimiz quvonchga to‘lgan mana shu mo‘tabar ayyomda sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin!
Yaratganimizning o‘zi el-yurtimizni panohida asrasin!
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!