Soha yangiliklari

“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni chiqarildi

Xabaringiz bor, 2022-yilning avgust oyidan boshlab “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali faoliyat yuritmoqda, jurnalda www.infocom.uz veb-sayti orqali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalaridagi yangiliklar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ularning natijalari yoritilib boriladi. Shuningdek, jurnalda iqtisodiyot sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy izlanish va tadqiqotlar natijalari bo‘yicha maqolalar har chorakda nashr qilib boriladi. “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni bilan www.infocom.uz manzili orqali tanishishingiz mumkin. Hozirda jurnalning navbatdagi soni uchun info@infocom.uz elektron pochtasi orqali maqolalar qabuli davom etmoqda. Batafsil ma’lumotlarni www.infocom.uz sayti va +998 55 501 03 02 telefon raqami orqali olishingiz mumkin. Ma’lumot uchun: maqolalar o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
Faylni tanlang