Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri “Huawei” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 15-mart kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda “Huawei” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Yao Szyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidentining mamlakatni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.  O‘z navbatida, O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasi, mobil aloqa, ma'lumotlar bazalari va IT ta'lim sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan loyihalar masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati grantlari asosida mamlakatimizda OTMva ixtisoslashtirilgan maktablarni raqamlashtirish hamda Elektron hukumat ma’lumotlarni saqlash markazi loyihasini kengaytirish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.  Shu bilan birga, 2022-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan “ICTWEEK UZBEKISTAN–2022” AKT haftaligi doirasida imzolangan hujjatlar asosida Surxondaryo viloyatida IT Park va Huawei kompaniyasi hamkorlikda tashkil etilayotgan BPO markazi ham kompaniya bilan birgalikda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli hamkorlarning davomi ekani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, BPO markazlarini boshqa hududlarda ham tashkil etish va ularning sonini oshirishda kompaniya bilan hamkorlikda ishlash masalalari ham muhokama qilindi.
Faylni tanlang