Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri innovatsion loyihalar bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi Qarshi temir yoʻl taʼmirlash korxonasiga tashrif buyurdi.  Tashrif davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ miqyosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv davomida “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi AKT va AX boʻlimi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida yosh dasturchilari tomonidan sohani raqamlashtirish uchun amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni boshqa sohalarda ham amalga tadbiq etish borasida takliflar berildi.  
Faylni tanlang