Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Leklerni qabul qildi.

sliderKanada elchisi O‘zbekistonda raqamlashtirish, telekommunikatsiya sohalarida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarni yuqori baholadi. 

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, IT-ta'lim, IT-xizmatlar eksporti sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda IT sohasida yaratilgan sharoitlar, xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar, IT viza va boshqa imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Uchrashuvda Kanada elchixonasi orqali hamkorlikda xorijiy yetakchi IT kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ular bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalariga alohida e’tibor qaratildi.

Faylni tanlang