Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

Bugun, 4-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Ozarbayjon Respublikasi Audiovizual vositalar Kengashi raisi Ismet Sattarov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Dastlab, delegatsiya vakillariga yurtimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshiralayotgan ishlar, kelgusi rejalar haqida ma'lumotlar berildi. Uchrashuvda, shunigdek, kelgusida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, IT kompaniyalarni milliy va xalqaro bozorlarda qo‘llab-quvvatlash va birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, telekommunikatsiya hamda mobil aloqa sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha bir nechta masalalarga e'tibor qaratildi.
Faylni tanlang