Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vaziri Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Bugun, 10-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Bebut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.  Uchrashuvdan maqsad – o‘zaro hamkorlik masalalari va 2023-yildagi ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilishdan iborat. Dastlab Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi o‘z nutqi avvalida O‘zbekistonda IT sohasida ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etdi. Shundan so'ng mehmonlarga O‘zbekistonni IT-xabga aylantirish borasida qilinayotgan va IT xizmatlar hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.  Shu bilan birga, O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun berilgan imkoniyatlar, IT viza va boshqa imtiyozlar hamda yangi ko‘chib kelayotgan kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.  O‘z navbatida, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, kelgusida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda har ikki tomon bir-birini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi.
Faylni tanlang