Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Jeneva shahridagi sammitda qatnashmoqda

Joriy yilning 14-17-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union) tomonidan Axborot hamjamiyati bo‘yicha xalqaro sammit forumi bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham ishtirok etishmoqda. Sammit doirasida inklyuziv rivojlanishda raqamli hamkorlik va sherikchilik, raqamli tafovutni qisqartirish, Forumning 2025-yildan keyingi rejalari hamda ustuvor vazifalari kabi mavzularda muhokamalar bo'lib o'tmoqda. Shuningdek, 16-mart kuni Vazirlik delegatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti (UNDESA) vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik va kelgusidagi rejalar muhokamasi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Faylni tanlang