2025-yil 7-aprel kuni Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida «Raqamli transformatsiya: istiqbollar va yechimlar» forumi bo‘lib o‘tdi. Forum Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi aloqa xizmati tashabbusi bilan xalqaro elektraloqa Ittifoqi va mintaqaviy aloqa Ittifoqi komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda dunyoning 19 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Forum faoliyati davomida ishtirokchilar mamlakat elektr aloqa operatorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, davlatlarda elektr aloqalariga teng kirishni ta’minlash, tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, 4G va 5G standartlari bo‘yicha mobil aloqa tayanch stansiyalarining yangi maydonchalarini qurish, xizmatlar narxini optimallashtirish, respublika telekommunikatsiya tarmoqlarini okean ostidagi internet kabel tarmoqlarining xalqaro tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish. Panel yig‘ilishlarida mintaqa va transregion mamlakatlari darajasida radiochastota spektrini va sun’iy yo‘ldoshlar orbitasini tartibga solishning muhim masalalari ko‘rib chiqildi, bu esa aloqa sohasining turli sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash uchun asos yaratadi.
2025-yil 7-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Radiochastota spektri va sunʼiy yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish” bo‘yicha АSHH komissiyasining (RChS va YO bo‘yicha ASHH komissiyasi) 27-yig‘ilishi, shuningdek, uning (Radioaloqa assambleyasi (RА) va Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga (BRK) tayyorgarlik bo‘yicha Ishchi guruh, Radiochastota spektrini boshqarish bo‘yicha ishchi guruhi, Radioeshittirish bo‘yicha ishchi guruhlarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish RChS va YO bo‘yicha ASHH qo‘mitasi raisi Butenko Valeriy Vladimirovich tomonidan ochib berildi. Tabrik so‘zi bilan, Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi aloqa xizmati boshlig‘i, Isfandiyori Sa‘dullo, Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori Borodin Aleksey Sergeyevich, yig‘ilish ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildilar. Shu bilan birga Xalqaro elektroaloqa ittifoqi Radialoqa byurosi direktori, Mario Manevich masafodan turib tabrik so‘zini yo’lladi.
Yig‘ilishda Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlari, shuningdek АSHH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 100 dan ortiq vakillar ishtirok etmoqda.
ASHH Komissiyasi va uning Ishchi guruhlari yigʻilishlari doirasida radioaloqa yo‘nalishidagi dolzarb masalalarini, ASHH mamlakatlarida raqamli yer usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, Xalqaro bitim hisoblangan Radioaloqa Reglamentiga ilg’or texnologiyalarini amaldagi texnologiyalarga halaqit bermagan holda turli xil shartlar bilan radiochastota polosasini ajratish uchun BRK-27ning 30ga yaqin kun tartibidagi masalalar boʻyicha, ASHH a’zo davlatlarning BRK-27ga taklif etayotgan hissalarini, murakkab relyefli joylarda chegaradosh davlatlar chastotalarni muvafiqlashtirish, ASHH Aloqa ma’muriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan IMT tizimlari haqida va shunga o’xshash 20ga yaqin muhim masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlarda, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “EMMM” DUK, “UNICON.UZ” MChJ, “O‘zTTBRM” DUK, mutaxassislari ishtirok etishmoqda.
TvaYAB 1-toifali muhandisi
Tadjimatov R.M.