"EMMM" DUK yangiliklari

FUQAROLARNING MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA

Yurtimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlarini, ularning talab va takliflarini to‘liq va sifatli o‘rganish muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shuningdek, Samarqand viloyati EMMXning 2023-yil uchun ish rejasi va radiomonitoring bo‘yicha ish rejalarida ham mobil aloqa hamda boshqa ko‘rinishdagi radioaloqalar yuzasidan portal va virtual qabulxonalar (Prezident, Vazirliklar va idoralar) orqali kelib tushayotgan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugun Samarqand viloyati EMMX xodimlari tomonidan Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi orqali kelib tushgan fuqarolarning murojaatiga asosan viloyatning tog‘li hududlarida mobil aloqa qamrovining holatini o‘rganish bo‘yicha radiomonitoring tadbirlari olib borildi.

Radiomonitoring tadbirlari maxsus radiomonitoring o‘lchov qurilmalari yordamida o‘tkazilib, unda Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tumanlarining aholi punktlarida va MFY hududlarida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida mobil aloqa qamrovining holati o‘rganildi.

O‘lchov natijalari tahlil qilinib, mobil aloqa qamrovi qoniqarli bo‘lmagan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasiga taqdim etildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Valetov

Faylni tanlang