"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyati hududida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida sohaga oid murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib borilmoqda.

Mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga imkon bermoqda. Ma’lumki, Qashqadaryo viloyati geografik joylashuv relyefi jihatdan tekislik, cho‘l va tog‘li hududlardan iborat. Tog‘li hududlarda mobil aloqa qamrovini tashkil etish esa bir qancha murakkab texnik tadbirlarni talab etadi. Viloyatning olis aholi maskanlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan tushayotgan murojaatlar asosida joylarda mobil aloqa va internet tarmog‘i qamrovi holatini o‘rganish maqsadida radiomonitoring ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning yanvar va fevral oylari davomida Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basi hamda vazirlik huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan kelgan xatlarga asosan murojaatlari bo‘yicha 150 tadan ortiq maskanlarda radiomonitoring ishlari olib borildi.

Jumladan, fevral oyida Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassis xodimlari tomonidan Dehqonobod tumanining olis aholi maskanlari hisoblangan Oqtosh, G‘o‘roti, Chambil va Chashmaimiron MFYlari hududlarida mobil aloqa va internet qamrovi holatini aniqlash maqsadida radiomonitoring ishlari amalga oshirildi. Radiomonitoring natijalari tahlil qilinib, mutassaddi tashkilotlarga taqdim qilindi. Kelgusida ushbu tahlil natijalari olis aholi maskanlarida mobil aloqa va internet qamrovi holatini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

 

 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.A. Qudratov

Faylni tanlang