"EMMM" DUK yangiliklari

GSM repitorlari-mobil aloqa operatorlari uchun bosh og‘rig‘i

Taxminan o‘ttiz yil oldin insoniyat uyali aloqa bilan tanishgan va bugungi kunda har birimiz hayotni mobil telefonlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bundan tashqari, allaqachon tanish bo‘lgan smartfonlar kompyuter monitoriga qaramlikdan tashqari doimiy ravishda tarmoqda bo‘lishga imkon beradi. To‘g‘ri, uyali aloqa va mobil internet to‘liqligicha uyali aloqa operatorining uskunalari tomonidan taqdim etiladigan qamrov zonasiga bog‘liq. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda uyali aloqa operatorlari ushbu yo‘nalishda ko‘plab samarali ishlarni amalga oshirmoqda, ya’ni tarmoq qamrov hududini faol kengaytirmoqda, yangi tayanch stansiyalari o‘rnatilmoqda va eskilari yangilanmoqda. Biroq, chekka hududlarda, eng yaqin tayanch stansiya juda uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, shuningdek, yer relyefini inobatga olsak barqaror aloqa kafolatlanmaydi. Bunday sharoitlarda alohida foydalanuvchilar radiochastota signalini ikki yo‘nalishda kuchaytiradigan maxsus qurilmalar – repitorlardan foydalanadilar.

Mamlakatimizda muayyan texnik talablar bajarilishi va boshqa radioelektron vositalarga salbiy taʼsir ko‘rsatilmasligi sharti bilan mobil aloqa repitorlaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Shu bilan birga, repitorlarni o‘rnatishning asosiy muammosi shundaki, arzon qurilmalarni sotib olish yoki ularning noto‘g‘ri o‘rnatilishi va sozlamalari tufayli repitorlar uyali aloqa operatorlari uchun radioxalaqit manbai bo‘lib, bu boshqa abonentlarga ham taʼsir qiladi.

Navoiy viloyati EMMX xodimlari radioxalaqit manbasini aniqlashda noqonuniy ravishda o‘rnatilgan sifatsiz repitorlarga duch kelishdi. Ularning egalari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qurilmalardan foydalanish to‘xtatildi.


 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.A.Omonov

Faylni tanlang