Hurmatli mehmon! Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi quyida keltirilgan barcha hujjatlarni bevosita topshirishi, yoki cemc.uz veb-sayti orqali, yoki pochta orqali yuborishi mumkin.
REV va YuChQni sotib olish (berish) va o'rnatish yoki qurish ruxsatnomasini olish uchun kerakli hujjatlar ro'yxati:
a) uskunaning to'liq texnik tavsifi;
b) agar ariza beruvchi yuridik shaxs bo'lsa, REVni ro'yxatga olish va ekspluatatsiya qilish uchun mas'ul shaxsni tayinlash to'g'risidagi buyruqning nusxasi;
v) quyidagilar ko'rsatilgan topografik xaritadan olingan nusxada REV joylashtirilgan reja-sxema:
g) REVni joylashtirish ko'zda tutilgan ob'ektlar va inshootlar egalari bilan kelishish, agar ariza beruvchining o'zi bu ob'ektlar va inshootlarning egasi bo'lmasa;
d) yo'ldosh aloqa xizmatlarining yer stansiyalari uchun — Xalqaro Elektraloqa Ittifoqida ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha zarur bo'lgan texnik parametrlar.