Soha yangiliklari

IT Park rezidenti Epam Systems kompaniyasi tomonidan Xorazm yoshlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi

Urganch shahridagi IT Park filialida Epam Systems halqaro IT kompaniyasi vakillari tomonidan yoshlar uchun “Qanday qilib yuqori haq to‘lanadigan kasbni egallash kerak” yoki “IT ga qanday kirish kerak” mavzularida seminar o‘tkazildi. Seminarda umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari, Urganch axborot texnologiyalari texnikumi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari ishtirok etdilar. Seminar davomida Epam Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbariyati chiqish qilib, IT sohasida, shuningdek, nufuzli IT kompaniyalarda faoliyat yuritish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga Epam Systems kompaniyasida xodimlarni ishga qabul qilish tartiblari tushuntirildi hamda bu bo‘yicha yoshlarga zarur ma’lumotlar berildi.
Faylni tanlang