Soha yangiliklari

Farg‘onadagi IT Park rezidenti 130 nafardan ortiq ishchi o‘rni yaratib, 35 dan oshiq hududda faoliyat ko‘rsatmoqda

Bugun, 7-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida IT Park rezidenti bo‘lgan “YOU CLOUD” MCHJ raqamli logistika markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Ushbu MCHJ mahalliy taksi xizmati bilan shug‘ullanib, zamonaviy dastur yordamida ichki logistika xizmatlarini amalga oshiradi. Respublikaning 6 ta viloyati hamda 35 ta xududida loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Kunlik o‘rtacha buyurtmalar soni 65 mingni tashkil etadi. Hozirgi kunda markazda 130 nafar xodim faoliyat olib boradi.  AKT vaziri MCHJ rahbariyati bilan suhbatlashib, kelgusida markaz faoliyatini yanada kengaytirishda vazirlik bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.
Faylni tanlang