"EMMM" DUK yangiliklari

Ona tili - bu millatning ko‘zgusidir

Ona tilimizning davlat timsoli ekanligi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati va uning turmush tarzi hamda tarixi ekanligini ta’kidlash zarur. Ming yillardan buyon bugungi kunimizgacha yozuv va muloqot vositasi sifatida foydalanib kelinayotgan ona tilimiz o‘z-o‘zidan shu davrgacha saqlanib yetib kelmagan. Dunyoda qanchadan qancha tillar iste’moldan chiqib o‘lik tillarga aylangani barchamizga ma’lum. Haqiqiy ma’naviy jasorat va fidoyilikni namoyon etgan buyuk ajdodlarimiz, yozuvchilarimiz va olimlarimiz, din arboblarimiz hamda taniqli san’at namoyandalarining katta sa’y-harakatlari tufayli ona tilimiz bugungi kungacha sof tarzda saqlanib qoldi.

Kundalik hayotimizda muloqot va yozma ma’lumot almashishda ona tilimizga murojaat qilamiz. Ayniqsa, bugungi rivojlangan axborot almashish davrida, muloqot maydoni bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardan barcha yoshdagi vatandoshlarimiz foydalanmoqdalar. Bu jarayonda muloqotimiz xoh og‘zaki xoh yozma shaklda bo‘lsin har kim til madaniyatini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi va rioya qilishi o‘ta muhimdir. Chunki millatning madaniyatini ko‘rsatadigan boyligi uning til va adabiyotidir. Shu o‘rinda buyuk maʼrifatparvar, yozuvchi va dramaturg Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir millatning dunyoda borligʻini koʻrsatadurgʻon oynai hayoti - tili va  adabiyotidur. Milliy tilni yoʻqotmoq millatning ruhini yoʻqotmoqdur”.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish lozimki, “Tilga e’tibor – elga e’tibor”. O‘z ona tilimizni asrab avaylash, uning nufuzini oshirish, eng muhimi tilimizni sof holda kelajak avlodga yetkazish har bir O‘zbekiston fuqarosining oldida turgan ulkan vazifalaridan biridir.

 

Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.A.Qudratov

Faylni tanlang