Soha yangiliklari

“Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi” DUKning rahbar-xodimlari raqamli iqtisod yo‘nalishida malaka oshirdi

“Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK rahbar-xodimlari malakasini oshirish uchun 5 kunlik oʼquv seminari bo‘lib o‘tdi. “RRTM” DUKning viloyatlardagi tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari “Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarining raqamli iqtisodiyot rivojlantirishdagi oʼrni” mavzuiga bagʼishlangan oʼquv mashgʼulotlarida faol ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga Oʼzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʼrinbosari J. Maxsudov, “RRTM” DUK bosh direktori M. Sobirov hamda “M-Factor” loyihasi asoschisi H. Mamasaidovlar tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Faylni tanlang