EMMM yangiliklari

Aholi va tashkilotlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan hududlarda aholi, tadbirkorlar shuningdek, korxona va tashkilotlarning muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilishi zarur ekanligi ta’kidlangandi.

Radiochastota spektridan foydalanishda kelib chiqayotgan muammo va kamchiliklar hamda takliflarni o‘rganish maqsadida joriy yilning 16-mart kuni Surxondaryo viloyati EMMXda aholi va tashkilotlar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir boshida “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi boshliqning birinchi o‘rinbosari A.Kadirov so‘zga chiqib korxonamiz faoliyati va radiochastota spektridan foydalanishda ruxsatnomalar berishda bir qancha qulayliklar yaratilayotganligi hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir davomida Surxondaryo viloyati EMMX boshlig‘i T.Ashurov aholi va aloqa tashkilotlarida radioaloqa qabuliga tushayotgan xalaqitlarning paydo bo‘lishi va ularni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan taklif va mulohazalar tinglandi.

Ushbu sayyor qabul yakunida O‘zkomnazorat inspeksiyasi Surxondaryo viloyat hududiy sho‘basi boshlig‘i X.Shonazarov soz‘ga chiqib Surxondaryo viloyati EMMX bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, fuqaro va tashkilotlardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish davomida ijobiy yechim topilayotganligi haqida aytib o‘tdi. Surxondaryo viloyati EMMX boshlig‘i T.Ashurov ushbu sayyor qabulda ishtirok etgan aholi va tashkilotlar vakillariga o‘z minatdorchiligini bildirib, kelgusida hamkorlikda ishlar olib borishdan juda mamnun ekanligini ta’kidladi.


 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati

2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.X.

 

Faylni tanlang