Soha yangiliklari

Yaponiya Parlamenti palatasi deputati bilan raqamlashtirish, AKT sohasida samarali loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 1-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya Parlamenti palatasi deputati janob Keydzi Furuya boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori Fujiyama ham ishtirok etdi. Uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi aloqalar, hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi. O‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, raqamlashtirishda hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama manfaatli va samarali ekanligini taʼkidlandi. O‘zbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirishda Yaponiya bilan tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ham qayd etildi.  Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizni mintaqaviy IT xabga aylantirish, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlikni oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Faylni tanlang