"EMMM" DUK yangiliklari

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Muhtaram vatandoshlar!

Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklab, o‘zimizning yuksak hurmatimiz va ezgu tilaklarimizni bildirishdan g‘oyat mamnunmiz.

Dillarimiz quvonchga to‘lgan mana shunday qutlug‘ damlarda avvalo el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Ayni paytda bu muqaddas bayram mohiyatida mujassam bo‘lgan tinchlik, do‘stlik va hamkorlik, insonparvarlik g‘oyalari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirayotgan islohotlar, ulkan maqsad va vazifalarimizga uyg‘un va hamohang ekanini his etib, ko‘ngillarimiz yanada shukuhga to‘lmoqda.

Siz, aziz yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etib, bayramni oila, do‘stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz.

Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llab-quvvatlasin!

Faylni tanlang