"EMMM" DUK yangiliklari

Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

21-mart – Navro‘z ayyomi bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etamiz. Yosharish va yangilanish kuni bo‘lgan ushbu bayramda sizga eng ezgu va pok niyatlarni tilaymiz.

Navro‘z qadim-qadimdan ota-bobolarimiz tomonidan nishonlanib kelingan. Ushbu kunda urushlar to‘xtatilgan, urishgan odamlar yarashishgan, Navro‘z sayillari esa odamlarni birlashtirgan, notanishlarni tanishtirgan. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida sodir bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy tanglik, iqtisodiy inqirozlar davom etayotgan bir paytda mustaqil O‘zbekistonimizda tinchlik, xotirjamlik, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, bayramona kayfiyat hukm surmoqda, barchaning yuzida tabassum, ko‘tarinkilik, mamnunlik, yurtimizning turli go‘shalarida Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tmoqda, qozonlarda sumalaklar qaynamoqda, ko‘k somsa, xalim kabi navro‘z taomlari tayyorlanib, oshlar tarqatilmoqda.

Ana shunday ajoyib kunda sizga va siz orqali barcha yurtdoshlarimizga tinchlik-хotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, uzoq umr va ishlaringizga omad tilaymiz.

Navro‘z sizga hursandchilik, baxt, to‘kinlik va omad keltirsin! Ayyomingiz muborak bo‘lsin, azizlar!

 

 

 

 

Faylni tanlang