"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand shahriga va Zomin tog‘lariga sayohat

Joriy yilning 21-22-oktyabr kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK kasaba uyushmasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilish maqsadida, Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari  qadimiy Samarqand  shahrida joylashgan tarixiy obida, qadamjolarga va  Jizzax viloyatining Zomin dam olish maskaniga sayohatni amalga oshirdilar.

vbdfbd1000x750.jpeg

Sayohat davomida Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari go‘zal va hamisha navqiron Samarqand shahrining qadimiy obidalari, meʼmoriy yodgorliklari hamda ushbu zaminning o‘ziga xos milliy an’analari bilan yaqindan tanishdilar.

sdvsdv1000x750.jpg

sdvsdvsv1000x750.jpeg

bggbg1001x750.jpeg

Ayniqsa Zomin tog‘larining go‘zal kuzgi tabiati barchamizda o‘zgacha taassurot uyg‘otdi. Ushbu sayohatimiz davomida boy tariximiz haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldik va tabiat bag‘rida hordik chiqardik.

Qashqadaryo viloyat EMMX tarmoq muhandisi A.A. Kudratov

Faylni tanlang