"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyati EMMXda Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tayyorgarlik holati ko‘rikdan o‘tkazildi va shaxsiy tarkib bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil qilindi

Hammamizga ma’lumki, respublikamizda 1-martdan 1-aprelgacha “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shunga muvofiq, hamda “EMMM” DUKning 2023-yil 23-yanvardagi 3-f-sonli farmoyishini va Samarqand viloyati EMMXning 2023-yil 25-yanvardagi 3-f-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yilning 16-mart kuni Samarqand viloyati EMMXda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” munosabati bilan “Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tayyorgarlik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va shaxsiy tarkibi bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish, hamda nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

Dastavval, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga o‘quv yig‘ini signali berildi va barcha xodimlar belgilangan joyga yig‘ildi. Xodimlarga o‘quv yig‘ining maqsadi tushuntirildi. Shundan so‘ng, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i X.Tojiyev fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tayyorgarlik holatini ko‘rikdan o‘tkazdi.

 

 

Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligi ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, o‘quv mashg‘ulotining amaliy qismiga start berildi.

Bunda shartli ravishda korxona hududida sel va suv-toshqini kelib chiqadi va korxona qo‘riqchisi holatni darhol ko‘radi va xabar beradi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari yetib kelishadi.

 

 

Shartli ravishda kelib chiqqan suv toshqini fuqaro muhofazasi tuzilmalari tomonidan darhol bartaraf etiladi.

 

Ushbu o‘quv mashg‘uloti yakunida, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i X.Tojiyev fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlarining harakatlarini ijobiy baholadi va kelgusida favqulodda vaziyatlarga shay turish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi A.Olmasov.

Faylni tanlang