Joriy yilning 24-fevral kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini Samarqand viloyati, Samarqand tumani IIB mutaxassisi M.Ergashev olib bordi.
Davra suhbati davomida Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga jamiyatning turli qatlamlarida yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy holatlar hamda huquq-tartibot organlari tomonidan ushbu holatlarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati hamda korrupsion holatlar va manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga guvoh bo‘linganda harakatlanish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida xodimlar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga IIB mutaxassisi tomonidan javoblar berildi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev