"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqand viloyati hududida ruxsatnomasiz noqonuniy foydalanib kelinayotgan radioelektron vositalar va radioxalaqitlar hosil qilib foydalanilayotgan mobil kuchaytirgich qurilma (repeater)lar faoliyati to‘xtatildi

Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Samarqand  viloyati hududiy sho‘basi xodimlari hamda “EMMM” DUK Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari hamkorligida joriy yilning 8-oktyabr kuni Samarqand shahar va Pastdarg‘om tumani  hududlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.