Soha yangiliklari

Samarqand viloyatida  AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Samarqand viloyatida AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda vazirlikning viloyatdagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida joriy yilning 24-noyabr kuni soat 10:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul  o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi. Manzil: Samarqand viloyati, Ishtixon tumani, Ishtixon ko‘chasi, 22-uy.  21-sonli Musiqa va san’at maktabi
Faylni tanlang