Joriy yilning 18-19 may kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkillashtirildi.
Ikki kunlik sayohat davomida “EMMM” DUK xodimlari shaharning diqqatga sazovor joylari hamda ko‘hna obidalari bo‘lmish Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim jome masjidi, Shohi Zinda maqbaralar majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, Hazrati Dovud ziyoratgohi, Imom al-Buxoriy maqbarasi, Siyob bozori, Qog‘oz fabrikasi, Hunarmandlar shaharchasiga tashrif buyurib maroqli dam oldilar.
Ushbu sayohatdan barcha xodimlar va ularning farzandlari shaharning qadimiy serjilo me’morchilik obidalari bilan tanishib ma’naviy hamda madaniy hordiq olishdi. O‘rta asrlar davrida moviy gumbazli muazzam minoralar va o‘lmas obidalarga ega mazkur shaharning naqadar rivoj topganini so‘zsiz bugungacha saqlanib qolgan va mislsiz qudratli mahobatidan his qilindi. Ana shu ko‘hna shahar bugun ham o‘zining qadimiy tarixi, betakror osori-atiqalari bilan jahon ahlini lol aylamoqda.