EMMM yangiliklari

Sayyor qabul

Joriy yilning 12-iyun kuni  “ZOOM” ilovasi orqali “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan  Namangan, Andijon va Buxoro viloyatlarining jismoniy va yuridik shaxslari uchun sayyor qabul o‘tkazildi. 

photo2025-06-2515-23-19.jpg

Mazkur sayyor qabulga “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK boshlig‘ining o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev rahbarlik qildi. 

photo2025-06-2515-23-27.jpg

Tadbirda mazkur hududlardagi Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari, shuningdek, hududiy jismoniy va yuridik shaxslar faol ishtirok etdi.  

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va savollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mavjud masalalar bo‘yicha tegishli huquqiy va texnik tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida hal etildi.

photo2025-06-2515-23-32.jpg

 Bunday ochiq muloqotlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari faoliyatini yanada oshirish, hududlarda yuzaga kelayotgan muammolarga tezkor yechim topish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.  

Faylni tanlang