EMMM yangiliklari

Sayyor qabul

Joriy yilning 17-iyun kuni Elektromagnit moslashuv markazi tomonidan Surxondaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlarining jismoniy va yuridik shaxslari uchun onlayn sayyor qabul tashkil etildi.

photo2026-06-1916-01-21.jpg

Mazkur sayyor qabulga Elektromagnit moslashuv markazi direktor o‘rinbosari A.X. Xashimxodjayev rahbarlik qildi.

Unda hududlardagi Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari, markaziy apparat mutaxassislari, shuningdek, hududiy jismoniy va yuridik shaxslar faol ishtirok etdi.

photo2026-06-1916-01-34.jpg

Sayyor qabul davomida ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va savollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Mavjud masalalar bo‘yicha tegishli huquqiy va texnik tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar joyida hal etildi.

photo2026-06-1916-01-40.jpg

Shuningdek, Bosh komplayens inspektor T.B. Islamov tomonidan EMMMda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilganligi ta’kidlandi. 

Jumladan, Ishlab chiqarish jarayonlariga inson omili ta’sirini kamaytirish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida “UNICON.UZ” MChJ bilan hamkorlikda 2024-yil 1-apreldagi 799-son shartnoma va 2024-yil 30-avgustdagi qo‘shimcha kelishuv asosida radiomonitoring va texnik nazorat natijalarini raqamli qayd etish axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha amalga oshirilayotganligi;

 

ISO 37001 xalqaro standarti talablariga muvofiq radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va berish, ish haqi hamda boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlari, shuningdek, Sovg‘alar to‘g‘risidagi nizomning bajarilishi monitoring qilinayotganligidir.

Faylni tanlang