Raqamli texnologiyalar vazirligi .UZ domeni ma’muriyati (UZINFOCOM) bilan birgalikda barcha Uznet foydalanuvchilarini ushbu sana bilan samimiy tabriklaydi hamda infratuzilmani rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan yangi servislarni taqdim etadi.

Asosiy yangiliklardan biri — domen zonani boshqarish tizimining API 3.0 versiyasi ishga tushirilgani bo‘ldi. Ushbu yangilanish integratsiya imkoniyatlarini kengaytirish, tizim unumdorligini oshirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Loyiha integratsiya, texnik sinov va bosqichma-bosqich joriy etish jarayonlarini qamrab oladi.
Shuningdek, test rejimida Nadim AI onlayn assistenti ishga tushirildi. Mazkur intellektual yordamchi domenlar bilan ishlashni soddalashtiradi, zarur ma’lumotlarni tezkor olish imkonini beradi hamda foydalanuvchilar uchun raqamli maslahatchi vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari, ccTLD.uz rasmiy sayti yangilandi — zamonaviy interfeys qulay va intuitiv ishlash mantiqi bilan uyg‘unlashtirildi. Shu bilan birga, asosiy tizimlar modernizatsiya qilinib, servislar barqarorligi va funksionalligi yanada takomillashtirilmoqda. Ushbu yangilanishlar .UZ domenining zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirishga qaratilgan yondashuvini aks ettiradi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi .UZ domeni ma’muriyati bilan birgalikda barcha foydalanuvchilarga Uznet rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi.