Soha yangiliklari

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta yangi IT-maktablarga kompyuter texnikalari topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021/2022-o‘quv yilida faoliyat boshlagan 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarga kompyuter qurilmalari yetkazib berildi.  Prezidentning 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2021–2023-yillar davomida respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 205 ta IT-maktablarni tashkil etish belgilangan. Shu munosabat bilan 2021/2022 o‘quv yilida Qoraqalpog‘istonda faoliyat boshlagan 7 ta (Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-son, Muynoq tumanidagi 8-son, Taxiatosh tumanidagi 6-son, Taxtako‘pir tumanidagi 6-son, Xo‘jayli tumanidagi 6-son, Ellikqal’a tumanidagi 61-son va Qorao‘zak tumanidagi 6-son) maktablarga AKT vazirligi tomonidan 112 ta kompyuter texnikalari topshirildi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu maktablarda mahaliy xokimliklar tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borildi, bezatish ishlari yakunlanib, zamonaviy maktab ko‘rinishiga keltirildi.
Faylni tanlang