“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi tadbirlar doirasida sharaf lentalari taqish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur aksiya barcha o‘z umrini Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligiga bag‘ishlagan avlod vakillariga hurmat bajo keltirish, ularning jasoratini e’tirof etish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir davomida markaz xodimlari ko‘kraklariga ramziy milliy bayrog’imiz aks etgan sharaf lentalarini taqib, bayram bilan tabriklandi.

