Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi tasdiqlangan.
Ushbu rejaga muvofiq joriy yilning 26-28-mart kunlari xodimlar oʻrtasida sportning shaxmat, shashka turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi.
Musobaqa tashkillashtirishdan maqsad xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ommaviy sportni rivojlantirishdan iborat.
Musobaqa qizgʻin va murosasiz bellashuvlarga boy boʻldi. Gʻoliblar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshligʻi tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX
1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov