Soha yangiliklari

ShHTga a’zo davlatlarning AKTni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 13-may kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining videokonferensiya formatda yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

slideralt-icon

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Vazir zamonaviy sharoitda iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy sohani rivojlantirishni ta’minlash maqsadida raqamlashtirish sohasida hamkorlikda ish olib borishning ahamiyati muhimligini qayd etdi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, hamkorlikni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha hamkorlik masalalari borasida o‘zaro fikr almashdilar. 

Uchrashuv davomida tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning raqamli rivojlanish sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlashga oid keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdilar. ShHT doirasida bu borada muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Faylni tanlang