"EMMM" DUK yangiliklari

Sifatli ta’lim va IT

Yurtboshimiz  tomonidan 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili  deb  nomlanishi  yuksaklikka intilayotgan O‘zbekiston taraqqiyotining  yagona,  to‘g‘ri  yo‘li ekani  bilan o‘z tasdig‘ini  topmoqda.   

Buyuk bobokolonlarimiz  o‘zlarining bebaho asarlarida ta’lim va tarbiyaga katta urg‘u bergani bejiz emas. Yusuf Hos Hojib bobomizning  “Zakovot bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi” degan hikmatli so‘zlari  ta’lim va tarbiya masalasi  muhim ekanligidan dalolat beradi. Sifatli ta’lim rivojlangan mamlakatlarda inson qadri  ulug‘lanishiga  guvoh bo‘lib turibmiz.

Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlanganidek inson qadri degan g‘oyani hech qachon unutmasligimiz kerak. Yurtimizda  ta’lim sohasida olib borilayotgan  yangi islohotlar tez fursatlarda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Barcha sohalarda keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan va yanada chuqurruq tadbiq etilayotgan IT yo‘nalishi ta’lim sohasida muhim  o‘rin tutib, ta’lim sohasini yangi bosqichlarga olib chiqishda katta omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

  Prezidentimizning IT sohasini rivojlantirish, ta’lim sohasida  IT  yo‘nalishini yanada kengroq qo‘llagan holda, kelajak avlodlarga ta’lim-tarbiya berish sifatini tubdan o‘zgartirish  masalalari bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab bergani va bu masalalarni dolzarb ekanligini ta’kidlab kelayotgani, bejiz emasligi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Shu yilning 22-fevral kuni  Davlatimiz rahbari boshchiligida videoselektorda  yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi. Olis va chekka hududlardagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.

Har bir oliygohning bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerak. Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi.

  Respublikamizning barcha shahar va tumanlarida IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Hukumatimiz tomonidan IT parklarni qurish va u yerlarda dasturchilarni tayyorlash, dasturiy mahsulotlar sonini oshirish hamda dasturiy mahsulotlar eksportini ko‘paytirish boyicha muhim vazifalar belgilab berildi. IT sohasiga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish, IT yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalar sonini ko‘paytirish, sifatli ta’limni rivojlantirish dolzarb masala ekanligi namoyon bo‘lmoqda.

 

Tayyorladi: Andijon viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Sh.K. Mirzaaxmedov

Faylni tanlang