EMMM yangiliklari

Sifatsiz retranslyator qurilmalari

O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2022-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi №707-son Qarori talablari texnik shartlariga muvofiq texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish, xorijdan olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi yuzasidan hamda Farg‘ona viloyati hududida faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari tomonidan Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxlaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan buyurtmalarga asosan joriy yilning 14-aprel kuni “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

  Hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Farg‘ona shahar Mustaqillik ko‘chasi hududida “GRANT QURILISH” MChJ tomonidan foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar sodir etayotganligi aniqlandi.

photo2026-04-2016-28-54.jpg

photo2026-04-2016-29-00.jpg

photo2026-04-2016-29-05.jpg

     Ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish to‘xtatildi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh. Sadixanov

Faylni tanlang